Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroil G‘azo sektorini to‘liq egallab , XAMASni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Isroil G‘azo sektorini to‘liq egallab , XAMASni yo‘q qilishni rejalashtirmoqda

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu hukumati G‘azo sektorini to‘liq egallash va uni noma’lum muddatga nazorat qilish rejalarini ma’qulladi. Maqsad isroilliklarni hanuzgacha garovda ushlab turgan islomiy terrorchi Xamas guruhining qudratini yo‘q qilishdir.

Bu haqda Isroil hukumati xabar berdi. AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharqqa (13-16 may) tashrifi yakuniga qadar garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha XAMAS bilan kelishuvga erishilmasa, “Gidyon aravalari” deb nomlangan tegishli harbiy operasiya boshlanadi. Isroil bosh shtab boshlig‘i o‘n minglab zahiradagi askarlarni chaqirish haqida ham ma’lum qildi.

Hamasning yakuniy mag‘lubiyati, Isroilga ko‘ra, yuz minglab falastinliklarning G‘azo janubiga ko‘chirilishini talab qiladi, bu esa, allaqachon halokatli gumanitar vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Isroil hozirda G‘azo sektorining qariyb 50 foizini nazorat qiladi. Hamasga garovga olinganlarni ozod qilish uchun bosim o‘tkazish maqsadida mintaqaga insonparvarlik yuklari ikki oydan beri butunlay to‘xtatilgan. Buning sababi, terrorchilar BMTdan kelgan insonparvarlik yordamini o‘zlari uchun saqlab qolishlari yoki G‘azoning eng kambag‘al aholisiga o‘ta qimmat narxlarda sotishlari. Ko‘pchilik falastinliklar to‘lay olmay, ochlikdan o‘lib ketishmoqda.

Isroil gumanitar yordamga yondashuvni o‘zgartirishni va uni tarqatishdan XAMASni chiqarib tashlashni taklif qilmoqda. Isroil rejasiga ko‘ra, Kerem Shalom o‘tish joyidan har kuni 60 ta gumanitar yuk mashinasi o‘tadi. Yo‘nalishlar va logistika markazlarini AQShdan kelgan xususiy pudratchilar boshqaradi, Isroil armiyasi esa ularni qo‘riqlaydi. Yuklarni tushirish Rafah hududidagi qattiq nazorat ostidagi “steril zona”da – terrorchilar ishtirokisiz amalga oshiriladi. Ta’minot BMT emas, balki maxsus xalqaro jamg‘arma tomonidan boshqarilishi kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti allaqachon Isroil rejasini rad etgan, ammo bu uning amalga oshirilishiga jiddiy to‘siq bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Kiritildi: 13:28 07.05.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!