Isroil G‘azo sektorining shimolidan janubigacha ikkita gumanitar yo‘lak ochishga, shuningdek, harbiy amaliyotlarda har kuni to‘rt soatlik tanaffus qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbiga tayanib, CBS News xabar berdi.
Kirbining qayd etishicha, bitta gumanitar yo‘lak allaqachon ochilgan, ikkinchisi qirg‘oq yo‘lida bo‘ladi. Gumanitar tanaffuslar 9 noyabrdan boshlanadi.
“Buni muhim qadam deb hisoblaymiz. Va biz uning qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom etishini istaymiz”, — deydi Kirbi.
Shuningdek, u bir kun avval G‘azo sektoriga 126 ta yuk mashinasida gumanitar yordam yetkazilganini, biroq ularning sonini kuniga 150 taga yetkazish kerakligini aytgan.