Bugun 19 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 409 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 409 kun bo‘ldi
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 409 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah, Burayj va Jabaliya lagerlariga hujum qilishdi. So‘nggi 24 soat ichida 111 kishi halok bo‘ldi, ulardan 72 nafari G‘azo shimolida. Urush boshlanganidan buyon 43 846 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Bureyj lagerida ikkita "Merkava" tanki va uchta D9 buldozerini portlatib yubordi, Bayt-Laxiyadagi turar-joy binosida ishg‘olchilar yo‘q qilindi.
▪️Yedioth: Kfir brigadasi G‘azo shimolidagi Bayt Lahiya shahrida bir haftadan kamroq vaqt ichida 7 askarini yo‘qotdi. Jabaliyada esa Lotar bo‘linmasining 5 askari qarshilik harakati pistirmasigna tushib qoldi. Hammasi zlgan.
Husiylar Isroilning Yafe va Askalan shaharlaridagi bir qator harbiy ob’ektlarga uchuvchisiz samolyotlar yordamida hujum uyushtirdi.
▪️"Hizbullo"h Maale Golani kazarmasiga zarba berdi, chegarada "Merkava" tankini ekipaji bilan yo‘q qildi va Xiam shahridagi bosqinchilar guruhiga olti marta zarba berdi.
▪️ Iroq qarshilik kuchlari bosib olingan Umm ar-Rashrash (ibroniycha: Eylat) portiga hujum qildi.
▪️Bosqinchilar Livanga katta hujumlar uyushtirdi. Bayrutdagi binoning portlashi natijasida "Hizbulloh" matbuot xizmati rahbari Muhammad Afifa halok bo‘ldi. Isroilning Livandagi tajovuzi boshlanganidan beri 3481 kishi halok bo‘ldi.
▪️ Livan Sog'liqni saqlash vazirligi: Isroil shifokorlarga maqsadli hujumlar uyushtirishda davom etmoqda. Kecha kechasi Nabatiya va Tireda 2 shifokor vafot etdi. Agressiya boshlanganidan beri jami 207 nafar shifokor halok bo‘ldi.
▪️JSST delegatsiyasi gazodan yaradorlarning bir qismini evakuatsiya qilish uchun shimoliy anklavdagi Kamol Advan Kasalxonasiga yetib keldi.
▪️Times Of Israel: Turkiya Ozarbayjondagi iqlim bo‘yicha COP29 sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan Isroil prezidenti Hersogning samolyotini Turkiya uzra o‘tishiga ruxsat bermadi.
Kiritildi: 22:00 18.11.2024. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!