Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil G‘azo sektori shimoliga havo hujumlarini uyushtirdi

Isroil G‘azo sektori shimoliga havo hujumlarini uyushtirdi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida Sariq chiziqni kesib o‘tishga uringan jangarilar yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Isroil armiyasi kecha G‘azo sektori shimolida o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘ini kesib o‘tgan bir necha jangarilarga havodan zarba berdi", — deyiladi bayonotda.

Armiya ma’lumotlariga ko‘ra, uchta alohida hodisada bir necha jangari Sariq chiziqni kesib o‘tib, Quddus brigadasi va G‘azo bo‘limining Shimoliy brigadasi pozisiyalariga yaqinlashib, xavf tug‘dirgan.

Ayni paytda, Hamasga aloqador Falastinning Quds media tarmog‘i anklavning shimoliy qismidagi G‘azo shahrining Tufa mahallasida Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida to‘rt nafar qurbon bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 06:45. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!