Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil garovdagi bir odam ozod qilinish evaziga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatmaydi — Binyamin Netanyahu

Isroil garovdagi bir odam ozod qilinish evaziga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatmaydi — Binyamin Netanyahu

Isroil bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Isroil o‘t ochishni to‘xtatish yoki falastinlik mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha hech qanday majburiyat olmagan, faqatgina 21 yoshli Edan Aleksandrni ozod qilish uchun xavfsiz yo‘lakni ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Avvalroq HAMAS harakati AQSh va Isroil fuqaroligiga ega bo‘lgan Edan Aleksandrni asirlikdan ozod qilishini ma’lum qilgan edi.

Netanyahuning ta’kidlashicha, Aleksandrni ozod qilish bo‘yicha va’daga harbiy bosim orqali erishilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS qo‘lidagi barcha garovdagi shaxslarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv haqida muzokaralar “otishmalar ostida va harbiy harakatlarni kuchaytirishga tayyorgarlik davomida” olib boriladi.

Avvalroq HAMAS Edan Aleksandrni o‘t ochishni to‘xtatish muzokaralari doirasida ozod qilishini e’lon qilgan edi. Aleksandrning oilasi u “yaqin kunlarda” ozod qilinishi mumkinligi haqida xabar olganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 18:29 12.05.2025. O'qildi: 601 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!