Isroil qamoqxonalari boshqarmasi G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv doirasida ozod qilinayotgan falastinlik mahkumlarga maxsus bilaguzuklar berishni boshladi. Bu haqda Isroil telekanali xabar bermoqda.
Ularda identifikasiya raqami, shuningdek, ibroniy va arab tillarida “Xalq umrbod unutmaydi” va “Men dushmanlarimni ta’qib qilaman va ularni quvib yetaman” iboralari qayd etilgan.
Ozodlikka chiqarilgan falastinliklarga bu bilaguzuklar qachon berila boshlanganiga aniqlik kiritilmagan.
Joriy yilning 19 yanvar kuni Ynet portali HAMAS tomonidan ozod qilingan isroillik garovga olingan Emili Damari va Romi Gonenlarga “esdalik sovg‘alari” berayotgani aks etgan videoni e’lon qilgandi. Sovg‘a G‘azo sektorining xaritasi, “ozodlik sertifikatlari” va ayollarning asirlikda bo‘lgan vaqtdagi fotosuratlarini o‘z ichiga oladi.