Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil falastinlik jurnalistni G‘arbiy Sohildan deportasiya qildi

A A A
Isroil falastinlik jurnalistni G‘arbiy Sohildan deportasiya qildi

Isroil rasmiylari 1 fevral kuni bosib olingan G‘arbiy Sohilda qo‘lga olingan falastinlik jurnalist Seygal Kaddumni G‘azo sektoriga deportasiya qildi.

Bu haqda Falastin asirlari uyushmasi va Falastin ozodlik tashkilotining Falastin asirlari ishlari bo‘yicha qo‘mitasining qo‘shma bayonotida aytiladi.

51 yoshli Kaddum Ramallah nazorat punktida hibsga olinib, Damun qamoqxonasiga olib ketildi.

Jurnalist Kerem Abu Salim nazorat-o‘tkazish punkti orqali G‘azoga chiqarib yuborilgan.

2023 yil 7-oktabrdan beri ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda qo‘lga olingan falastinliklar soni 6950 nafarni tashkil qildi.

Isroil armiyasi G‘azo sektorida agressiyani boshlagan 7 oktabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi hibsga olishlar, reydlar va hujumlar soni ortgan.

Kiritildi: 22:37 11.02.2024. O'qildi: 1636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!