Bugun 23 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil falastinlik asirlarni ozod qilish qaroridan qaytdimi?

Isroil falastinlik asirlarni ozod qilish qaroridan qaytdimi?

Isroil ommaviy axborot vositalari yahudiy davlati falastinlik asirlarni ozod qilish jarayonini to‘xtatgani haqida xabar bermoqda. Isroil tomoni bunga yetti nafar isroillik asir ozod qilingan paytda yuzaga kelgan «tartibsizlik» sabab bo‘lganini da’vo qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, HAMAS harakati sakkiz nafar isroillik asirni ozod qilgan bo‘lsada, Isroil so‘nggi daqiqada falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.

Isroil hukumati falastinlik mahbuslarni kelishilgan muddatda ozod qilmaslik qarorini rasman tasdiqladi. Bosh vazir Netanyaxu devoni e’lon qilgan bayonotda Isroil «falastinlik asirlarni ozod qilishni ortga surgani» aytiladi. Hujjatda 110 kishi, jumladan 30 bola «terrorist» sifatida tilga olingan.

💬 «Bosh vazir Bin’yamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Isroil Kats terrorchilarni ozod qilishni keyingi almashinuvlarda asirlarimiz xavfsiz ravishda ozod etilishiga kafolat berilmaguncha kechiktirishga qaror qildi», – deyiladi Netanyaxu devoni bayonotida.

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, falastinlik asirlar allaqachon ozod etilish uchun avtobuslarga joylashtirilgan edi, biroq ularga transportdan tushish buyurilgan.

Kiritildi: 00:10 31.01.2025. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!