Isroil shanba kuni 90 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi.
Bu haqda XAMAS bayonotida aytiladi.
Qayd etilishicha, ular orasida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan to‘qqiz kishi ham bo‘ladi.
"Ertaga, shanba kuni ayirboshlash bitimining to‘rtinchi partiyasi doirasida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 9 nafar va uzoqroq muddatga hukm qilingan 81 nafar mahbus ozod qilinadi”, — deyiladi xabarda.