Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil: "Eronning ballistik raketa puskovkalarining yarmi yo‘q qilindi"

Isroil: "Eronning ballistik raketa puskovkalarining yarmi yo‘q qilindi"

Isroil armiyasi 13 iyundan boshlab boshlangan keng ko‘lamli havo hujumlari natijasida Erondagi ballistik raketa puskovkalarining taxminan yarmini yo‘q qilganini iddao qilmoqda. Bu haqda Isroil armiya radiosi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, puskovkalar asosiy nishonlardan biri bo‘lgan va ularni ishdan chiqarish operasiyaning bosh maqsadlaridan biri hisoblangan.

“Joriy hujumlar davomida Eronning ballistik raketalarini uchirish uchun mo‘ljallangan qurilmalarning kamida yarmi faoliyatdan chiqarilgan,” — deyiladi armiya axborotida.

Kiritildi: 19:56 17.06.2025. O'qildi: 682 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!