Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Eronga qarshi josuslik uchun nega aynan afg‘onlarni tanladi?

Isroil Eronga qarshi josuslik uchun nega aynan afg‘onlarni tanladi?

Eronda afg‘on muhojirlarga qarshi reydlar davom etmoqda. Eron maxsus xizmatlari ularni Isroilning MOSSAD razvedkasi bilan hamkorlikda ayblamoqda. Hibsga olish ishlari Islom Respublikasining turli hududlarida amalga oshirilmoqda.

Xususan, Janubiy Tehrondagi, asosan, qo‘shni davlatlardan kelgan kambag‘al muhojirlar yashaydigan fabrikada, Eron xavfsizlik xizmati xodimlari Afg‘oniston fuqarolarini qo‘lga oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular Eronning Isfahondagi havo mudofaa tizimlariga uchuvchisiz apparatlar (dronlar) bilan uyushtirilgan hujumlarda ishtirok etganlikda, shuningdek, xorijdagi MOSSAD agentlariga ma’lumot uzatganlikda gumon qilinmoqda.

Eron kuch tuzilmalari so‘nggi ikki haftadan ziyod vaqt mobaynida har kuni deyarli MOSSAD uchun ishlagan afg‘onlarni hibsga olmoqda. Yaqinda Tehron polisiyasi hibsga olingan va hozirda qatl jazosiga hukm qilingan afg‘onlar bilan videoso‘roqni e’lon qildi. Ular WhatsApp orqali Eron milliy teleradiokompaniyasi joylashuvi va Saadatoboddagi bir amaldor uyining manzilini Germaniyadagi MOSSAD agentiga hujum sodir bo‘lishidan oldin yuborganini aytishgan. Bu ish uchun ular 2000 dollar olgan. Afg‘onlar aytishiga qaraganda, ularni Germaniyadan bo‘lgan qandaydir shaxslar aldagan.

Gumonlanuvchi agentlar Eronga mehnat muhojiri sifatida, Nimruz chegarasi orqali kirgan.

Ayrim manbalarga ko‘ra, go‘yoki MOSSAD Eronda diversiya uyushtirish uchun Tolibon rahbariyati bilan kelishuvga erishgan. Biroq aslida bu da’volar asossiz «siyasiy fitna nazariyasi»ga o‘xshaydi. Haqiqat ancha oddiy: ko‘plab afg‘onlar Isroil razvedkasi tomonidan pul yoki oilasini Yevropaga olib chiqish, yoki ularga Yevropada yaxshi hayot va’da qilingani uchun yollangan.

Nega MOSSAD afg‘onlarni tanladi? Eronda 5 milliondan ortiq afg‘on yashaydi. Ular so‘nggi 45 yil davomida turli migrasiya to‘lqinlari davrida mamlakatga kirib kelgan. Eronda afg‘onlarni inson deb hisoblashmaydi, ularning holati juda og‘ir. Hatto ayrim shahar parklarida "itlar va afg‘onlarga kirish taqiqlangan" degan yozuvlar ham bor edi. MOSSAD esa shunchaki pul va yaxshi hayot va’dasi bilan Eron ichidagi o‘nlab odamlarni josus sifatida yollab, o‘z jonini xatarga qo‘yishga majbur qilgan. Isroilga ishlashda ayblangan barcha shaxslar darga osish orqali qatl etish jazosiga hukm qilingan.

Eron hukumati bundan avval Afg‘oniston fuqarolariga 6 iyulgacha mamlakatni tark etish uchun muddat belgilagan edi.

Hozirda ko‘plab afg‘onlar Eronni tark etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida 230 mingdan ziyod afg‘on Islom Respublikasini tark etgan, ularning aksariyati majburan deportasiya qilingan.

Kiritildi: 21:52 01.07.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!