Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya 1 iyuldan boshlab xorijliklarning mobil aloqasini o‘chira boshlaydi

Rossiya 1 iyuldan boshlab xorijliklarning mobil aloqasini o‘chira boshlaydi

2025 yil 1 iyuldan boshlab, Rossiya hududida biometrik ma’lumotlarni topshirmagan xorijiy fuqarolarning mobil aloqasi bosqichma-bosqich o‘chirila boshlanadi. Bu haqda Rossiyaning Raqamli rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon xorijliklar mobil operatorlar bilan shartnoma tuzishi uchun ularning ma’lumotlari yagona biometrik tizimga kiritilishi shart. Shuningdek, har bir xorijlik faqat 10 ta SIM-kartaga ega bo‘lishi mumkin.

Oldin tuzilgan shartnomalar bo‘yicha biometrik ma’lumotlar 1 iyulga qadar topshirilishi kerak edi. Ushbu talabni buzgan abonentlarga nisbatan operatorlar quyidagi cheklovlarni joriy qiladi:

  • Avvalo, 3 oydan ziyod faol bo‘lmagan raqamlar to‘liq o‘chiriladi;

  • Faol raqamlar bo‘yicha esa ikki bosqichli chora ko‘riladi: dastlab xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar cheklanadi, internet tezligi pasaytiradi;

  • 30 kundan so‘ng esa aloqa butunlay o‘chiriladi.

Shu muddat ichida abonentlar shartnomani qayta rasmiylashtirib, biometrik ma’lumotlarni topshirish orqali aloqani tiklashlari mumkin.

Kiritildi: 19:18 01.07.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!