Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil Eronga «katta va qattiq» zarba berishga tayyorlanmoqda

 Isroil Eronga «katta va qattiq» zarba berishga tayyorlanmoqda

❕ Isroil armiyasi 1-oktabr kuni amalga oshirilgan raketa hujumlariga javoban Eronga qarshi «katta va qattiq» zarba berishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Isroil davlat televideniyesi KAN, Haaretz gazetasi va armiya radiosi.

Xabarlarda aytilishicha, Isroil armiyasi Isroilda jiddiy vayronagarchiliklar qayd etilmaganiga qaramay, Eronning ballistik raketa hujumiga kuchli javob tayyorlamoqda. Xabar qilinishicha, Isroil bu hodisani keskin javobsiz qoldirmoqchi emas.

Shuningdek, Isroil Eronga qarshi koalisiyaning boshqa a’zolaridan, shuningdek, Eron tahdidini o‘z muammosi deb hisoblaydigan davlatlardan xalqaro yordam kutayotgani xabar qilingan.

Bundan tashqari, bugun isroillik harbiylar va ittifoqchilardan birining vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va Isroil tomoniga ko‘ra, AQSh Eronga qarshi javob choralarida faol ishtirok etadi, deb yozadi nashrlar.

1 oktabr kuni Eron inqilobiy qo‘riqchilari korpusi Isroilga o‘nlab ballistik raketalarni uchirgani haqida e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay, butun mamlakat bo‘ylab, jumladan Tel-Avivda havo hujumi sirenalari yangradi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu videomurojaatida Eron «katta xatoga yo‘l qo‘ygani» va «buning uchun to‘lashi»ni aytdi.

Kiritildi: 22:21 05.10.2024. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!