Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) Tehrondagi Eron Razvedka vazirligining bosh qarorgohiga zarba berdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hujum natijasida Isroil ishlari bo‘yicha razvedka vazirining o‘rinbosari Sayid Yahyo Hamidiy va josuslik bo‘limi boshlig‘i Jalol Pur Husayn kabi yuqori lavozimli amaldorlar halok bo‘ldi.
Isroil armiyasi shuningdek, boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ham halok bo‘lganini ta’kidladi, ammo ularning ismlarini aytmadi.