Bu haqda Isroil moliya vaziri va o‘ta o‘ng siyosatchi Besalel Smotrich ma’lum qildi.
"Biz Eronga qarshi kampaniyada hal qiluvchi g‘alabaga erishdik, bu g‘alaba Isroil davlati tarixi sahifalariga sharaf bilan yoziladi. Biz mavjudligimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidni bartaraf etdik va bir kechada Tehrondagi o‘nlab nishonlarni yo‘q qilish orqali Eron rejimiga jiddiy zarba berdik. Endi bor kuchimizni bilan G‘azoga yo‘naltirib, u yerdagi vazifani yakunlaymiz. HAMASni yo‘q qilamiz, garovga olingan fuqarolarimizni qaytaramiz va Isroil xalqi uchun uzoq yillar xavfsizlik va kuch-qudratni ta’minlaymiz", — dedi Smotrich o‘z bayonotida.