Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil — dunyodagi eng jirkanch va xunuk davlatlardan biri - Taker Karlson

Isroil — dunyodagi eng jirkanch va xunuk davlatlardan biri - Taker Karlson

Amerikalik jurnalist Isroilni tanqid qilib, u Livan poytaxtiga katta vayronagarchilik keltirayotganini aytdi.

«Isroilliklar Beyrutni vayron qilmoqda. Men dunyoning ko‘p joylarida bo‘lganman — Beyrut Yer yuzidagi eng go‘zal shaharlardan biri. U haqiqiy mo‘’jiza, juda go‘zal. Shu shaharni Isroil — dunyodagi eng jirkanch davlatlardan biri — vayron qilayotganini ko‘rish juda og‘ir. 1948 yildan beri u yerda biror go‘zal narsa qurilmagan», — dedi Karlson.

Karlsonning ta’kidlashicha, shakllanayotgan imperiya tabiatan vayronkor bo‘ladi:

«Har doim shunday bo‘ladi: go‘zallik vayron qilinadi — Yevropa, Beyrut, Suriyaning ayrim qismlari, muqaddas joylar. Eronning ham juda go‘zal joylari bor, deyishadi — ammo ular ham to‘liq bombardimon qilinmoqda. Go‘yo bu go‘zallikka qarshi urushga o‘xshaydi».

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 972 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!