Isroil kelasi haftaning boshlariga qadar o‘z havo hududini bosqichma-bosqich qayta ochishni ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, Ben Gurion aeroportining qayta ochilishi mintaqaviy xavfsizlik holatiga bog‘liq bo‘ladi.
"Hech qanday qaror qabul qilinmagan bo‘lsa-da, Transport vazirligi Isroilda havo qatnovini bosqichma-bosqich qayta tiklash rejasini ko‘rib chiqmoqda, toki mahalliy aviakompaniyalar isroilliklarni dam olish kunlaridan oldin uylariga qaytarishni boshlasin. Ushbu reja hali ham Mudofaa vazirligi va aviasiya ma’muriyati tomonidan tasdiqlanishi kerak. Hozirda Isroildagi Ben Gurion ayeroporti kamida juma kunigacha yopiq", deb ta’kidlaydi gazeta.
Avvalroq Isroil transport vaziri Miryam Regev mamlakat havo hududini bosqichma-bosqich qayta ochishga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qilgan edi, bu keyingi hafta boshlanishi mumkin. Mamlakat havo hududi shanba kuni ertalab boshlangan AQSH-Isroil qo‘shma operasiyasi boshlanganidan beri yopiq.