Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Isroil bugun XAMAS bilan yangi kelishuv doirasida garovga olingan dastlabki uch kishi ozod etilishini kutmoqda

Isroil bugun XAMAS bilan yangi kelishuv doirasida garovga olingan dastlabki uch kishi ozod etilishini kutmoqda

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu idorasidan berilgan bayonotga ko‘ra, Hamas ozod etilishi rejalashtirilgan uch ayolning ismlari ro‘yxatini topshirdi. Bular Romi Gonen, Emili Damari va Doron Shtaynbrexer.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi dastlab 7:30 da boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, Markaziy Yevropa vaqti bilan 10:15 da kuchga kirdi. Kechiktirishga garovga olinganlar ro‘yxatini kech taqdim etgan XAMAS guruhi o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani sabab bo‘lgan. Jangarilar kechikishni “texnik sabablar” bilan izohlagan, Isroil esa ro‘yxatni olishdan oldin G‘azodagi Xamas pozisiyalariga hujum qilishda davom etgan.

Uch nafar garovga olingan birinchi guruh bugun soat 15:00 da Isroilga qaytishi kerak. Dastlabki olti hafta ichida yana 30 kishini ozod qilish rejalashtirilgan. Isroil tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, 98 kishi HAMAS tomonidan asirda qolgan.

Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert Maykl Xorovitsning qayd etishicha, kelishuvni amalga oshirish birinchi bosqichdan keyingi bosqichlarga o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

“Doimiy o‘t ochishni to‘xtatish shartlari hali kelishib olinmagan va birinchi bosqichni amalga oshirish jarayonida muhokama qilinadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.


Kiritildi: 20:21 19.01.2025. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!