G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil askarlari G‘azo shimolida qamal ostidagi Kamol Advan kasalxonasi ichida o‘t ochgan.
«Ishg‘ol kuchlari kasalxonani tintuv qilmoqda va turli bo‘limlar ichida otishma olib bormoqda, bu esa vahima va xavotir holatini kuchaytirmoqda», dedi vazirlik.
Ikki bola reanimasiya bo‘limida generatorlar ishlamay qolgani va kislorod stansiyasi Isroil kuchlari tomonidan nishonga olinganidan so‘ng vafot etgan.
Uchta tez tibbiy yordam mashinasi va quyosh panelli elektr energiyasi ishlab chiqarish tizimi vayron bo‘lgan, bu «yordam berish va tashish ishlariga to‘sqinlik qilmoqda».