Isroil bombardimonidan keyin Sana ayeroportidagi barcha reyslar keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatildi. Bu haqda Yamanning “Ansorulloh” (xusiylar) harakati nazoratidagi Sana ayeroporti direktori Xolid ash-Shayf ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayeroportga katta zarar yetgan, zarar esa, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kamida 500 million dollarni tashkil etadi.
"Dushman Isroil Sana ayeroportiga ikki turdagi vayron qiluvchi kuchga ega raketalar bilan hujum qildi. "Qo‘nish yo‘laklariga to‘rtta raketa zarbasi berildi”, dedi u husiylar nazoratidagi Al-Masirah telekanaliga.
Isroil yo‘lovchi zallari va terminaldagi barcha jihozlarni ishdan chiqardi, logistika binosini butunlay vayron qildi, deya qo‘shimcha qildi Al-Shayf.
Uning ta’kidlashicha, ayeroportda harbiy harakatlar kuzatilmagan va Isroilning zarba berishga asoslari yo‘q.
Al-Shayf, shuningdek, hujum oqibatida yuzaga kelgan yong‘in tezda o‘chirilganini aytdi. "Yemen Airways aviakompaniyasiga tegishli uchta yo‘lovchi samolyotini yo‘qotdik. Faqat bittasi qoldi, u Iordaniya poytaxti Ammanda joylashgan. AYEroportni vaqtinchalik boshqarish uchun muqobil variantlarimiz bor, lekin uni avvalgi holatiga qaytarish uzoq vaqt talab etadi", — dedi ayeroport direktori.
Isroil avvalroq Yamanning hutiylar nazorati ostidagi poytaxti Sana shahriga berilgan havo hujumlari xalqaro ayeroportni butunlay ishdan chiqqanini aytgan edi.