Reuters agentligining xabar berishicha, Isroilning Livan sharqidagi Bekaa vodiysiga bergan aviazarbalari natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi va 50 kishi jarohatlandi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida "Hizbulloh"ning yuqori lavozimli vakili ham bor.
20 fevral oqshomida Isroil mudofaa armiyasi "Hizbulloh"ning boshqaruv markazlariga zarbalar berganini ma’lum qildi. Isroil tomonining talqiniga ko‘ra, ushbu nuqtalarda go‘yoki Isroil armiyasiga hujum qilish uchun tayyorgarlik ko‘rilgan.