Isroil armiyasining amaldagi va sobiq harbiylari The Wall Street Journal nashriga ma’lum qilishicha, Isroil askarlari G‘azo sektorida gumanitar yordam tarqatish punkti yaqinida oq bayroq ko‘tarib turgan palestinlik fuqarolarga nisbatan o‘q uzganini tan oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tinch fuqarolar ushbu hududda AQSh va Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan "G‘azo gumanitar yordam jamg‘armasi" doirasida tashkil etilgan yordamni olish maqsadida to‘plangan edilar.
Shu bilan birga, manbalar ta’kidlashicha, palestinliklar belgi sifatida oq bayroq ko‘tarib, o‘zlarining fuqaro ekanini aniq anglatgan bo‘lishsa-da, ayrim harbiylar ularga nisbatan o‘q uzgan. Bu kabi holatlar xalqaro huquq va insonparvarlik normalariga zid hisoblanadi.
Hozircha Isroil rasmiylari bu iddaolar bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.