Al-Jazeera: G‘arbiy Sohilga ozod etilgan [falastinlik mahbuslar]ning yarmi kasalxonaga yotqizildi. Buni biz bosib olingan G‘arbiy Sohilda ham, G‘azoda ham qayta-qayta kuzatdik.
Isroil asirligidan ozod etilgan falastinliklar juda og‘ir ahvolda. Ular to‘yib ovqatlanolmaganliklarini, och qolganliklarini, so‘nggi 15 oy davomida hatto gigiyena vositalaridan ham mahrum bo‘lganliklarini aytishmoqda. Isroilning sobiq milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning buyrug‘iga ko‘ra, ularga faqat har 10 kunda bir daqiqa dush qabul qilishga ruxsat berilgan.
Ular kaltaklashlar, hatto ozodlikka chiqishlarining so‘nggi soatlarida ham shafqatsiz munosabatda bo‘linganini ta’kidlashmoqda... Ularga ommaviy axborot vositalari bilan gaplashmaslik, ozodlikka chiqqanlarini hech qanday tarzda nishonlamaslik buyurilgan.
Agar ular biron-bir faoliyatni davom ettirsalar, ularga suiqasd qilish bilan tahdid solishgan. Shu sababli, bugun Ramallohda ozodlikka chiqqanlarning ko‘pchiligi OAV bilan gaplashmagani uchun uzr so‘rashdi. Ular nazorat ostida ekanliklarini, gapirish uchun ruxsat berilmaganini ochiqchasiga aytishdi.
O‘sha oylardagi noto‘g‘ri muomala tufayli ularning sog‘lig‘i aniq yomonlashgan.