Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil armiyasidan ogohlantirish: Yamandagi fuqarolarga shoshilinch chaqiruv

Isroil armiyasidan ogohlantirish: Yamandagi fuqarolarga shoshilinch chaqiruv

Isroil harbiylari Yaman poytaxti Sana shahrida joylashgan xalqaro aeroport va uning atrofidagi hududlarda bo‘lgan barcha fuqarolarni darhol bu joyni tark etishga chaqirdi. Bu haqda Al Arabia xabar berdi.

“Seshanba kuni Isroil armiyasi xalqaro aeroport yaqinidagi barcha aholiga murojaat qilib, ushbu hududni zudlik bilan tark etish talabini qo‘ydi. Bu holat Hodeyda portligidagi strategik ob’ektga berilgan zarbadan so‘ng sodir bo‘ldi. Ushbu port ‘Ansorulloh’ (husiylar) harakati nazoratidagi asosiy logistika markazlaridan biri hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

Isroil armiyasi havo zarbasi Yaman husiylari tomonidan Ben-Gurion xalqaro aeroporti (Tel-Aviv) yaqiniga tushgan raketa zarbasiga javob sifatida amalga oshirilganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 17:52 06.05.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!