❕ Livanning NNA axborot agentligiga ko‘ra, Isroil samolyotlari Nabatiya provinsiyasidagi qishloqlarga hujum qilganda fosforli bombalardan foydalangan.
Sur shahri chekkasidagi qishloqlar Isroil aviasiyasi tomonidan zarbaga uchradi. Hujum natijasida qishloqlarda katta yong‘inlar sodir bo‘ldi. Ayrim qishloqlarda elektr energiyasi butunlay uzilgan.
Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi shahar va qishloqlarga zarba berishda davom etdi.
Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 8-oktabrdan buyon jami 2634 kishi, jumladan, 104 nafar bola va 194 nafar ayol halok bo‘lgan, yana 12.252 kishi jarohat olgan.