Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil armiyasi "Hizbulloh"ni moliyalashtirgan bankir o‘ldirilganini tasdiqladi

Isroil armiyasi "Hizbulloh"ni moliyalashtirgan bankir o‘ldirilganini tasdiqladi

Isroil mudofaa kuchlari Erondan "Hizbulloh" tashkilotiga mablag‘ o‘tkazishda ishtirok etgan Xaysam Abdulla Bakri yo‘q qilinganini tasdiqladi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Harbiylarning ta’kidlashicha, uning kompaniyasi "Hizbulloh" tashkiloti uchun Eron Quds kuchlaridan olingan mablag‘larni saqlash va o‘tkazish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi".

"Ushbu mablag‘lar "Hizbulloh" tomonidan harbiy maqsadlarda, jumladan, qurol-yarog‘ sotib olish, ularni ishlab chiqarish va jangchilarga maosh to‘lash uchun ishlatiladi, shuningdek, terrorchilik maqsadlarida va "Hizbulloh"ning terrorchilik faoliyatini davom ettirishni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi", - deya ta’kidlaydi IA matbuot kotibi.

Kiritildi: 14:45 25.06.2025. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!