Isroil harbiylari anklavning markaziy qismidagi El-Bureyj qochqinlar lageri hududiga portlovchi moslama o‘rnatgan ikki falastinlik radikalni nishonga olib, G‘azo sektoriga yangi hujum uyushtirdi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Ikki terrorchi G‘azo markazidagi El-Bureyj hududida isroillik qo‘shinlarga yaqin joyda portlovchi moslamani yerga o‘rnatishga urindi. Isroil Armiyasi terrorchilarga zarba berdi", - deyiladi xabarda.