Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil armiyasi G‘azo sektoriga havo, quruqlik va dengizdan hujumlar uyushtirdi

Isroil armiyasi G‘azo sektoriga havo, quruqlik va dengizdan hujumlar uyushtirdi

Isroil armiyasi amaldagi otashkesim kelishuviga qaramay, G‘azo sektori turli hududlariga havo, quruqlik va dengizdan hujumlarni davom ettirmoqda.

WAFA axborot agentligiga ko‘ra, artilleriya zarbalari G‘azo shahrining sharqidagi Tuffah va Az-Zaytun tumanlariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, Isroil harbiy samolyotlari markaziy hududdagi Bureyj qochqinlar lageri hamda janubdagi Rafah shahri atrofini bombardimon qildi.

Anklavning shimolida Jabaliya qochqinlar lageri va Bayt Lahiya shahriga ham havo hujumlari uyushtirilib, bir qator binolar vayron etilgan. Dengiz kuchlari esa shimoliy qirg‘oqbo‘yi hududlarini o‘qqa tutgan.

Kiritildi: 15:19 11.01.2026. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!