Isroil AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, masalani harbiy yo‘l bilan hal qilish yo‘lini ko‘rib chiqishini ta’kidlamoqda.
Bu haqda Axios portali yozmoqda.
Portal manbalariga ko‘ra, Oq uyning maxsus vakili Stiven Uitkoff Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermerni Maskatda (Ummon) Eron rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarning birinchi raundi natijalari haqida ma’lum qilgan.
Isroil Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishish ehtimoliga “juda shubha bilan qaraydi”, deb yozadi Axios. Tehron, o‘z navbatida, Vashington 2018 yilda bo‘lgani kabi yana undan chiqib ketishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Manbalarning bildirishicha, Uittkoff ko‘rfaz davlatlari rasmiylari bilan muzokaralarning birinchi bosqichini ham muhokama qilgan, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi esa Qatar, Quvayt va Misrdagi hamkasblarini natijalar haqida ma’lumot bergan.