Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Amerika chaqirig‘iga e’tibor qilmadi

Isroil Amerika chaqirig‘iga e’tibor qilmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroildan Suriya janubidagi hukumat kuchlariga hujumlarni to‘xtatishni so‘ragan. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

❗ Axios muxbiri Barak Ravidning yozishicha, Isroil AQShga hujumlarni to‘xtatishga va’da bergan.

Biroq Vashingtonning chaќirig‘iga qaramay, Isroil harbiy-havo kuchlari Suvaydo viloyatidagi Suriya armiyasi va boshqa hukumat ob’ektlariga zarbalar berishda davom etmoqda.

Suriya OAVlarga ko‘ra, o‘tgan tun Isroil Dar’aning sharqidagi 52-brigada shtabga, Al-Tala aeroportiga va Suvaydoning chekka hududlariga ikki havo hujumi uyushtirgan.

Kiritildi: 14:29 16.07.2025. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!