Isroil Mudofaa Kuchlari G‘azo sektorining shimoliy qismida XAMAS jangarisining yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmatiga tayani The Times of Israel gazetasi xabar bermoqda.
Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad Salah ad-Din Xolid Abu Raqba Sariq chiziqni kesib o‘tib, G‘azo diviziyasining Shimoliy brigadasi pozisiyalariga yaqinlashayotgani va shu bilan xavfsizlikka tahdid solayotgani ko‘rilgan.
U 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujumda ishtirok etgani haqida xabar berilgan.