Bu haqda Axios xabar bermoqda.
Bu haqda Netanyahu Tramp bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Unda tomonlar Eron atrofidagi vaziyat va AQShning Saudiya Arabistoni bilan yadroviy bitimini ham muhokama qildi.
Axios nashrining ta’kidlashicha, Isroil mustaqil qurol ishlab chiqarishga o‘tishni Vashingtonga qaramlikni kamaytirish va xavfsizlik sohasida harakat erkinligini saqlab qolish usuli deb biladi.
Mudofaa mustaqilligiga erishish uchun AQShning F-35 va boshqa ilg‘or texnikalarini yetkazib berish to‘xtatilishi munosabati bilan Isroil sanoatiga o‘n yillik ichida shaxsiy zamonaviy qiruvchi samolyotni ishlab chiqish topshirildi.