Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniyalik yulduz: Meni tezroq "Barsa"ga olib keting

Ispaniyalik yulduz: Meni tezroq "Barsa"ga olib keting

Niko Uilyams "Atletik"dan "Barselona"ga o‘tishi mumkin, ammo kataloniyaliklar 1:1 qoidasiga rioya qilish va yangi kelganni muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z maoshlarini kamaytirishlari kerak.

Spanish Sport xabariga ko‘ra, 22 yoshli Uilyams agenti orqali "Atletik"ni transferga undashga tayyorligini bildirgan. Niko "Barselona"ga deyarli hech qanday shart qo‘ymadi. Faqat vinger kataloniyaliklarni shartnomani tezroq yopishga chaqirdi.

Futbolchi seriallar va spekulyasiyalarni xohlamaydi. Uilyamsning fikricha, ideal ssenariy uning 9-iyulgacha "Barselona"ga ko‘chib o‘tishidir. O‘sha kuni "Atletik"ning mavsumoldi mashg‘ulotlari boshlanadi.

Kiritildi: 11:48 28.06.2025. O'qildi: 1324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!