Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ispaniyada yana poyezd bilan muammo sodir bo‘ldi

Ispaniyada yana poyezd bilan muammo sodir bo‘ldi

Ispaniyada Mursiya — Valyadolid yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Ouigo kompaniyasiga tegishli tezyurar poyezd kontakt tarmog‘idagi nosozlik tufayli tonnelda to‘xtab qoldi.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, poyezdda 454 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ouigo kompaniyasi yo‘lovchilarni evakuasiya qilish uchun maxsus poyezd yuborish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. U yo‘lovchilarni Chamartin vokzaliga olib boradi. Shuningdek, yo‘lovchilarga chipta qiymatining 200 foizi miqdorida kompensasiya to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toledo shahrida ikki poyezdning to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘lgan, 64 nafar yo‘lovchi esa bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Mamlakatda 29 oktyabrdan 31 oktyabrga qadar umummilliy motam e’lon qilingan.

Kiritildi: 08:30 30.10.2026. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!