Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

Ispaniyaning turli mintaqalaridagi o‘rmon yong‘inlari 6 mingga yaqin odamni evakuasiya qilishga majbur qildi.

Bu haqda Yevropa OAVlari xabar bermoqda.

Kastiliya-Leon avtonom hamjamiyatida deyarli 4000, Andalusiyada mingga yaqin odam evakuasiya qilingan.

Ispaniya Mudofaa vazirligi g‘ayritabiiy issiqlik sharoitida tez tarqalayotgan yong‘inlarga qarshi kurashish uchun mingga yaqin askar yuborilgani haqida xabar berdi.

Seshanbaga o‘tar kechasi o‘t o‘chiruvchilar Madrid yaqinida yong‘in tarqalishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu vaqtga kelib yong‘in Tres-Kantos munisipalitetida allaqachon 1000 gektarga yaqin maydonni yo‘q qilgan va bir kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 07:15 13.08.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!