Ispaniyada kuchli yomg‘ir va bo‘ronlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini qurbonlari soni 158 kishiga yetdi, ularning aksariyati Valenciya aholisidir.
Valenciya avtonom hamjamiyati operativ shtabiga ko‘ra, tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat sharqida qurbonlar soni 155 kishini tashkil qilgan. Zarar ko‘rgan yana bir mintaqa Kastiliya-La-Manchada 3 kishi suv toshqini qurboni bo‘ldi.
Rasmiylar halok bo‘lganlar soni ortishi mumkinligidan xavotir bildirishdi, chunki hali ham ko‘p odamlar bedarak yo‘qolgan.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, qutqaruv ishlariga 1064 nafar harbiy xizmatchi jalb qilingan.
Valenciyada 150 dan ortiq yo‘llar yopilgan, Madrid va Valenciya o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi kamida 15 kunga to‘xtatilgan. Shuningdek, jabrlangan hududlarda elektr energiyasi, suv ta’minoti va oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolar mavjud – 100 mingga yaqin odam elektr ta’minotisiz qolgan.
Ispaniya Davlat Meteorologiya Instituti bu hodisani «asrdagi eng yomon davr» deb ta’riflab, 8 soat ichida yillik normaga teng yog‘ingarchilik miqdori tushganini qayd etdi.
Bosh vazir Pedro Sanches Valenciyaga tashrif buyurdi va shtat qutqaruv ishlarini olib borish uchun barcha resurslarini safarbar qilganini aytdi. U aholini hushyor bo‘lishga chaqirdi, chunki ba’zi hududlarda ob-havo sharoiti keskin davom etmoqda.