Ispaniyada oziq-ovqat do‘konlari suv toshqinidan so‘ng bo‘shab qolgani haqida suratlar tarqalmoqda.
Guvohlar ma’lumotiga ko‘ra, ayrim do‘konlarda faqat yarimtayyor mahsulotlar qolgan, asosiy muammo esa — ichimlik suvi tanqisligida, deb xabar qilinmoqda.
Hozirda mahalliy hokimiyat va favqulodda vaziyatlar xizmati aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.