Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada migrantlarga qarshi zo‘ravonlik avj oldi

Ispaniyada migrantlarga qarshi zo‘ravonlik avj oldi

Ispaniyaning Torre-Pacheko shahrida so‘nggi kunlarda zo‘ravonlik va tartibsizliklar kuzatilmoqda. Bu holat 11 iyul kuni mahalliy fuqaro, 68 yoshli Domingoning uch nafar yosh yigit tomonidan kaltaklangani ortidan boshlandi. Jabrlanuvchi ularni shimoliy Afrikadan kelgan migrantlar deb taxmin qilgan. Bu voqeaning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi natijasida mahalliy aholi va ayniqsa, ultrao‘ngchi guruhlar orasida katta norozilik va g‘azab kelib chiqdi.

Internetda radikal guruhlar tomonidan “migrantlarga qarshi ov” tashkil qilishga chaqiriqlar qilindi. Mursiya mintaqasidagi markaziy hukumat vakili Mariola Gevaraning aytishicha, bu chaqiriqlar huquqni muhofaza qiluvchi organlardan oldinroq harakat qilish va o‘zboshimchalik bilan jazo berishni maqsad qilgan.

Uch kun davomida yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida kamida 10 kishi jarohat oldi. Bir kishi hibsga olindi. Mahalliy nashrlar ma’lumotlariga ko‘ra, tayoq ko‘targan guruhlar ko‘chalarda yurib, “chet ellik ko‘rinishga ega” shaxslarga hujum qilgan. Ular hujum qilgan shaxsning Ispaniya yoki Yevropa Ittifoqi fuqarosi ekanligiga e’tibor bermagan.

Torre-Pacheko shahar hokimi Pedro Anxel Rokaga ko‘ra, polisiya ikki guruh o‘rtasidagi mojaroni oldini olgan. Shu bilan birga, u zo‘ravonlikda ishtirok etganlarning aksariyati shaharga boshqa hududlardan kelganini qayd etdi.

"El País" gazetasining yozishicha, so‘nggi kunlarda marokashlik oilalarga nisbatan tahdidlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Vahima yanada avj olmasligi uchun Ispaniya hukumat idoralari aholini tinchlikka chaqirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Torre-Pacheko shahri aholisining 30 foizini migrantlar tashkil etadi. Ular asosan Marokash va Aljirdan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qiladilar. Bu ko‘rsatkich Ispaniya bo‘yicha o‘rtacha darajadan ancha yuqori hisoblanadi.

Kiritildi: 12:22 15.07.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!