Miting ishtirokchilari Ispaniya Qirolligi bayroqlarini ko‘tarib, konservativ muxolifat — Xalq partiyasi (NP) tashabbusi bilan to‘plangan. Partiya yetakchisi Alberto Nunyés Feyxoo namoyish arafasida fuqarolarni hukumat siyosatiga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqishga da’vat qilgan edi.
“Biz mafiyani emas, demokratiyani istaymiz,” — dedi Feyxoo miting davomida. Uning ta’kidlashicha, davlat mablag‘lari ispan xalqi farovonligi uchun yo‘naltirilishi kerak, mustaqillik tarafdori bo‘lgan siyosiy kuchlarga emas.
U, shuningdek, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches boshchiligidagi hukumatning Kataloniya siyosiy kuchlari bilan erishgan kelishuvlarini keskin tanqid qildi. Feyxoo Xalq partiyasini “o‘tmishdagi hukumatdan farqli, qadriyatga ega tirik alternativa” sifatida ta’riflab, Madrid maydonlarini “korrupsiya, yolg‘on va siyosiy sharmandalikdan charchagan millionlab ispanlarning ovozi” deb atadi.