Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ispaniyada fashistlardan qolgan buyumlar yashirib qo‘yilgan xona topildi

A A A
Ispaniyada fashistlardan qolgan buyumlar yashirib qo‘yilgan xona topildi

Jinoiy guruhni hibsga olish operasiyasi davomida Ispaniya polisiyasi fashistlardan qolgan buyumlar saqlanadigan joyni topdi.

Ushbu holat aks etgan videorolik polisiyaning “YouTube” kanalida e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan jinoiy guruh faoliyati Ispaniyaning janubiy Kosta-del-Sol mintaqasida qurol-yarog‘ savdosiga ixtisoslashgan.

Amaliyot natijasida Germaniyaning ikki va Buyuk Britaniyaning bir fuqarosi hibsga olingan.

Topilmalar ichida fashistlarning kiyimlari, bayroqlari va boshqa buyumlari qayd etilgan.

Bundan tashqari, 121 ta qurol, 22 ta avtomat va 8 ta boshqa ko‘rinishdagi qurollar ham topilgan.

Kiritildi: 22:03 30.12.2020. O'qildi: 2578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!