Ispaniya Milliy meteorologiya instituti mamlakatning ayrim hududlarida og‘ir ob-havo sharoiti kutilayotganini ma’lum qildi. Bu xususan, oktyabr oyi oxirida suv toshqinidan aziyat chekkan Valensiyaga tegishli.
Qirollikning sharqida yomg‘irdan ogohlantirish darajasi sariq (xavf) va to‘q sariq (yuqori xavf)gacha ko‘tarildi.
Kuchli ob-havo haqida ogohlantirish kamida 14 noyabrgacha amal qiladi.