Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya Valensiyadagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan muhojirlarga mamlakatda qolishga ruxsat berdi

Ispaniya Valensiyadagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan muhojirlarga mamlakatda qolishga ruxsat berdi

Ispaniya hukumati Valensiyadagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan 25 ming muhojirga ularning mamlakatda qonuniylashtirilishini osonlashtirish uchun bir yil qolish va ishlashga ruxsat beradi, deb xabar beradi Yeuronews.

Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan favqulodda chora, zarar ko‘rgan jamoalarda, xususan, Valensiya jamoasida noqonuniy yashayotganlar uchun jarayonni osonlashtirishga qaratilgan.

Bu 29 oktyabrda 227 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va ko‘plab uy va korxonalarni vayron qilgan tabiiy ofatdan keyin tiklanish rejasining bir qismidir.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tinimsiz yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan xaos ko‘plab muhojirlarning Ispaniyada qonuniy yashash, o‘qish va ishlash uchun zarur bo‘lgan talablarni bajara olmasligiga sabab bo‘lgan. Xuddi shunday, ko‘plab ish beruvchilar chet ellik ishchilarni yollash uchun barcha zarur byurokratik tartib-qoidalardan o‘ta olmadilar.

Bundan tashqari, suv toshqini paytida oila a’zolarini yo‘qotgan xorijliklar besh yillik yashash uchun ruxsatnoma oladi.

Kiritildi: 16:35 17.02.2025. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!