Toshqindan jabr ko‘rgan Valensiya provinsiyasining yuzlab aholisi Ispaniya qiroli Filipp VI va bosh vazir Sanchesning tashrifi chog‘ida norozilik namoyishi o‘tkazdi.
Ishtirokchilar ularga loy otdilar va «Qotillar, qotillar!» deb hayqirib, yaqinlashib kelayotgan bo‘ron haqida kech ogohlantirilgani va favqulodda vaziyatlar xizmatlarining sekin javob berayotganidan noroziligini bildirishdi (Reuters).
30-oktabr kuni kuchli yomg‘ir Ispaniyaning janubi-sharqidagi bir qancha hududlarda, jumladan, Valensiya, Kastiliya-La-Mancha va sharqiy Andalusiyada keng ko‘lamli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Natijada 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Taxminan 1.900 kishi bedarak yo‘qolgan. Qirollikda 3 kunlik motam e’lon qilindi.