Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Ispaniya polisiyasi 10 tonna kokain olib kelayotgan kemani qo‘lga oldi

Ispaniya polisiyasi 10 tonna kokain olib kelayotgan kemani qo‘lga oldi

Ispaniya milliy polisiyasi o‘z tarixidagi ochiq dengizlarda eng katta kokain partiyasini musodara qildi.

Bu haqda qirollik huquqni muhofaza qilish organlarining bayonotida e’lon qilingan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Atlantika okeanida tuz yukida yashirilgan qariyb 10 tonna kokainni topgan kemani ushlagan. Polisiya 13 kishini hibsga oldi va o‘qotar qurollarni ham musodara qildi. Operasiyada AQSH, Buyuk Britaniya va Braziliya rasmiylari, jumladan, boshqa davlatlar vakillari ishtirok etdi.

Kema Braziliyadan Yevropaga ketayotgan edi. Ispaniya prokuraturasi va sudi tomonidan muvofiqlashtirilgan tergov Janubiy Amerikadan Yevropaga katta miqdordagi kokain import qilish bilan shug‘ullangan deb taxmin qilingan ko‘p millatli guruhga e’tibor qaratishdan boshlandi.

Kiritildi: Bugun 05:18. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!