Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ispaniya pochtasi hayvonlarning ko‘zlari bo‘lgan yana uchta jo‘natma topdi

Ispaniya pochtasi hayvonlarning ko‘zlari bo‘lgan yana uchta jo‘natma topdi

Ispaniya pochtasi Ukrainaning mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalari nomiga jo‘natilgan hayvonlarning ko‘zlari bo‘lgan yana uchta jo‘natma topdi.

O‘tgan hafta oxirida Ukrainaning Vengriya, Niderlandiya, Polsha, Xorvatiya, Italiya, Chexiya va Ispaniya elchixonalari hayvonlarning ko‘zlari bo‘lgan paketlarni olgani haqida xabar berishgandi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bu maktublarni "rejalashtirilgan terror va elchixonalar hamda konsulliklarni qo‘rqitish kampaniyasi" deb atadi.

Umumiy hisobda, Ukraina tashqi ishlar vazirligi bunday xat yoki paketlarni jo‘natish bo‘yicha 21 holatdan xabardor.

Kiritildi: 14:36 06.12.2022. O'qildi: 1368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!