Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya Isroil tufayli futbol bo‘yicha JCH-2026 ni boykot qilishi mumkin

Ispaniya Isroil tufayli futbol bo‘yicha JCH-2026 ni boykot qilishi mumkin

Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Ispaniya hukumati, agar Isroil mundialga yo‘l oladigan bo‘lsa, futbol bo‘yicha mamlakat milliy jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan olib qolish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin, deya xabar bermoqda nashr Ispaniya sosialistik ishchi partiyasi vakili, kongress a’zosi Pachi Lopesga tayanib.

Avvalroq Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches ham G‘azodagi harbiy harakatlar to‘xtamaguncha, Isroil Rossiya bilan bir qatorda xalqaro sport musobaqalaridan chetlashtirilishi kerakligini aytgandi. Sanches Isroilni “sportdan o‘z agressiyasini oqlash uchun foydalanish”da ayblagandi.

Kiritildi: 22:02 18.09.2025. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!