Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Ispaniya hududida elektr ta’minoti taxminan 50 foizga tiklandi — mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches

Ispaniya hududida elektr ta’minoti taxminan 50 foizga tiklandi — mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches

"Elektr tarmoqlari operatori ma’lumotlariga ko‘ra, elektr ta’minotining deyarli 50 foizi allaqachon tiklangan. Oldimizdagi vazifa — yaqin soatlarda ta’minotni tiklashni davom ettirishdir. Hozirda mamlakatimizga elektr energiyasi Fransiya va Marokashdan yetkazib berilmoqda", — deya ma’lum qildi Ispaniya hukumati rahbari.

Sanches elektr ta’minoti qachon to‘liq tiklanishini aniq aytmadi va ayrim ishchilar seshanba kuni uyida qolishiga to‘g‘ri kelishini qo‘shimcha qildi.

Ispaniya va Portugaliyadagi keng ko‘lamli elektr uzilishining aniq sababi hanuz noma’lum. Portugaliya bosh vaziri Luis Montenegro "uzilish manbai Ispaniyada" ekanini aytgandi. Pedro Sanches esa Ispaniya hukumati hodisa sabablarini aniqlash ustida ishlayotganini bildirdi.

Kiritildi: 10:58 29.04.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!