Madrid hukumati Eronga qarshi harbiy amaliyotlarda ishtirok etayotgan Qo‘shma Shtatlar samolyotlariga mamlakat osmonidan foydalanishni taqiqladi. Mudofaa vaziri Margarita Roblesning ta’kidlashicha, Ispaniya hududidagi harbiy bazalardan ham bu maqsadda foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Iqtisodiyot vaziri Karlos Kuerponing qo‘shimcha qilishicha, ushbu qaror xalqaro huquq me’yorlarini buzgan holda, bir tomonlama boshlangan urushga sherik bo‘lmaslik maqsadida qabul qilingan.
Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches AQSh va Isroilning Eronga hujumlarini "mulohazasiz va noqonuniy" deb atab, ularga keskin qarshi chiqmoqda. Bunga javoban Donald Tramp Madrid bilan savdo aloqalarini cheklash bilan tahdid qildi.