La Liga mavsum taqvimini e’lon qildi.
Birinchi tur 16-17 avgust kunlari, oxirgisi 23-24 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Chempionatni "Alaves" - "Levante" "Atletik" - "Sevilya", "Selta" - "Xetafe", "Jirona" - "Rayo Valyekano", "Espanyol" - "Atletiko", "Malyorka" - "Barselona", "Elche" - "Betis", "Real" - "Osasuna", "Valensiya" - "Sosyedad" va "Vilyarreal" - "Ovyedo" o‘yinlari ochib beradi.
"Barselona" va "Real" 10- va 35-turlarda to‘qnash kelishadi: dastlab "Santyago Bernabeu"da (26 oktyabr), keyin "Kamp Nou"da (10 may).
"Atletiko" maydonida vise-chempionlar 28 sentyabr kuni 7-tur doirasida, o‘z maydonida esa 22 mart kuni 29-tur doirasida maydonga tushadi.
"Barselona" 11 yanvar kuni (uyda) va 5 aprel kuni (safarda) Diyego Simeone jamoasiga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.