Ispaniya Germaniyada ishlab chiqarilgan oltita Leopard 2A4 tankini 9 apreldan keyin Ukraina armiyasiga topshirganini tasdiqladi.
Bu haqda Ispaniya Mudofaa vazirligi rahbari Margarita Robles deputatlar kongressi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Bu oltita jangovar tank hozirda Kordovada (Andalusiya avtonom hamjamiyati) to‘g‘ri ishlashiga ishonch hosil qilish uchun sinovdan o‘tkazilmoqda”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Roblesning so‘zlariga ko‘ra, tanklar 9 aprelda nishonlanadigan katoliklarning Pasxa bayramidan keyin Ukrainaga topshiriladi.